Alonso Negreyra ishi haqida: "Sodir bo'lgan voqeani me'yor deb bo'lmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 390

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Negreyra ishi" bo'yicha tergov haqida gapirdi.
2023 yilda "Barselona" va uning rahbariyati Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasida (RFEF) ishlagan Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga pora berishda ayblangan edi. Sud Negreyraga 2001-2018 yillarda "Barselona"dan 7,7 mln evro to'laganini jinoyat deb topdi.
- Biz klub va prezident Florentino Peres pozitsiyasini baham ko'ramiz. Eng muhimi, futbol manfaati uchun bo'lib o'tgan voqealar haqiqati oshkor bo'lishi kerak.
- Hakamlarning "Real"ga nisbatan bayonotini qanday baholaysiz?
- Har kim o'z manfaatini himoya qilishga haqli. Kim o'zini xafa bo'lgan his qilsa, gapirishi kerak. Biz aynan shunday qilyapmiz.
- "Barsa" unvonlariga dog' tushdimi?
- Yo'q, yo'q. Men bu haqda gapirmoqchi emasman.
- Ispaniyada hakamlik boshqa ligalardan farq qiladimi?
- Har bir ligada har xil xatolar bo'ladi. Hamma odamlar adashadi. Lekin bu voqeani tekshirish kerak. Sodir bo'lgan voqealar shunchaki hayratlanarli. Shuning uchun haqiqatni bilish juda muhim. Bu normal holat emas, buni normal holat sifatida qabul qilib bo'lmaydi", - dedi Alonso Ispaniya kubogi doirasida "Talavera"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Bosh sahifaga
234