Rafinya asosiy maqsadiga erishmaguncha «Barsa»dan ketmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

"Barselona" vingeri Rafinya Dias asosiy maqsadiga erishmaguncha klubni tark etmoqchi emas.
Braziliyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni istaydi va bu muvaffaqiyatga erishmaguncha hech qaerga ketishni rejalashtirmayapti, deb xabar beradi Sport. Qayd etilishicha, 29 yoshli futbolchi tom ma'noda Kataloniya grandi tarkibida eng nufuzli evrokubokda g'alaba qozonish haqida o'ylamoqda.
Rafinya 2022 yilning yozida Angliyaning "Lids" klubidan "Barselona" safiga kelib qo'shilgandi.
"Barsa"ning Chempionlar Ligasidagi so'nggi g'alabasi 2015 yilga to'g'ri keladi. O'tgan mavsumda Xans-Diter Flik jamoasi yarim final bosqichiga qadar etib borgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
1556