«Liverpul» katta transferga tayyorgarlik ko'rmoqda. U Salohning o'rnini yopishga keladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 213

"Bornmut" vingeri Antuan Semeno Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni "Liverpul"ning qiziqishlar doirasida.
Indykaila News nashrining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi tarqatgan xabarga ko'ra mersisaydliklar 25 yoshli futbolchining transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan "giloslar"ga murojaat qilishgan. Semeno "qizillar" hujumida klubdagi munosabatlari yomonlashgan misrlik Muhammad Salohning o'rnini egallashi mumkin.
Ganalik futbolchining narxi 65 million evroga baholanmoqda.
Antuan joriy mavsum "Bornmut" safida 15 ta bahsda ishtirok etib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
2270