Kurtua «Alaves» ustidan qozonilgan g'alabaga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

Ispaniya La Ligasining 16-turida "Real" safarda "Alaves"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Bu haqda "qirollik klubi" darvozaboni Tibo Kurtua o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu men uchun "Real"dagi 200-g'alabam. Ajoyib yutuq. Bu yil g'alaba qozonishda davom etishimiz kerak. O'tgan uchrashuvda jamoa xarakter ko'rsatib, muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi. Ishni davom ettiramiz. Bu eng yaxshi o'yinimiz emasdi, lekin eng muhimi - natija," - deya belgiyalik darvozabonning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
O'tkazilgan 17 o'yindan so'ng Xabi Alonso shogirdlari 39 ochko jamg'arib, La Liga turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
1879