Valensiyadagi kuchli yomg'irlar sabab La Liga uchrashuvi qoldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6

La Liganing 16-turi doirasida «Levante» va «Vilyarreal» o'rtasidagi uchrashuv qoldirildi. Bu haqda Ispaniya chempionati matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvning qoldirilishiga Valensiyadagi kuchli yomg'irlar bilan bog'liq noqulay ob-havo sharoiti sabab bo'ldi.
O'yin 14 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Uchrashuvning yangi sanasi va vaqti keyinroq ma'lum qilinadi.
Ayni paytda «Vilyarreal» 35 ochko bilan La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi, «Levante» esa 9 ochko bilan so'nggi — 20-o'rinda joylashgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272