"Liverpul" qishki transferlar oynasi oldidan Saloh bo'yicha qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"Liverpul" Muhammad Salohning kelajagi bo'yicha pozitsiyasini ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, ingliz grandi bosslari futbolchini qishda sotishni rejalashtirmayapti. "Qizillar" Salohning mavsum o'rtasida jamoani tark etishi salbiy signal bo'ladi va o'z maqsadlari yo'lidagi kurash avjiga chiqqan pallada jamoani zaiflashtiradi, deb hisoblamoqda. Avvalroq, vinger "Liverpul"ga klubni tanqid qilgan va ketishi mumkinligiga ishora qilgan shov-shuvli intervyudan so'ng qaytgan edi.
Muhammad Saloh bu mavsumda "Liverpul" safida APLda 14 ta uchrashuv o'tkazdi. Ularda o'yinchi "gol + pas" tizimi bo'yicha "4+3" natijasini qayd etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272