"Bavariya" va "Chelsi" Maynuga qiziqmoqda, ammo futbolchining niyati boshqa
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu Evropaning top-klublari qiziqishlari doirasida, deb xabar beradi Caught Offside.
Manbaga ko'ra, 20 yoshli angliyalik xavbek xizmatiga Londonning "Chelsi" va Myunxenning "Bavariya" klublari qiziqish bildirmoqda. Maynuning o'zi barqaror o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan jamoaga o'tishni istamoqda. U Angliya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati qaydnomasidan o'rin olmoqchi.
Kobbi "Napoli"ga o'tishni ma'qul ko'rmoqda. Futbolchiga Italiya A Seriyasi chempioni ham qiziqish bildirmoqda. Maynuning bozor narxi 40 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249