"Tottenxem" APLdan 70 mln evro evaziga hujumchi sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 951

"Tottenxem" "Brentford" hujumchisi Igor Tiagoga qiziqish bildirmoqda, uni "Nyukasl" va "Aston Villa" ham kuzatib bormoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "asalarilar" 24 yoshli forvardni 70 mln evroga baholamoqda. Belgilangan narx braziliyalik futbolchining joriy qishki transferini qiyinlashtirmoqda. "Brentford" Tyagoni sotmoqchi ham emas. Ta'kidlanishicha, "Tottenxem" futbolchini ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda, ammo "asalarilar" bundan manfaatdor emas.
Joriy mavsumda Tyago barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 35 mln evroni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
216