Arbeloa "Real"ga tayinlanishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

Avvalroq, Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Alvaro Arbeloa "qaymoqranglilar" boshqaruviga kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu ma'lumotga hozirda madridliklar yoshlar jamoasini boshqarayotgan Arbeloaning o'zi izoh berdi.
"Men "Kastilya" murabbiyiman. Men aynan shunga e'tibor qaratyapman. Men uchun boshqa hech narsa mavjud emas," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Cadena SER.
Mish-mishlarga ko'ra, madridliklar Ispaniya chempionatining 15-turida "Alaves"ni mag'lub etmasa, Arbeloa "Real" ustozi Xabi Alonsoning o'rnini egallashi mumkin. Uchrashuv 14 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Ayni paytda "Real" La Liga turnir jadvalida 36 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208