Rafinyaning dubli ham unga eng yaxshi o'yinchi bo'lish imkonini bermadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 211

"Barselona" La Liganing shanba kungi o'yinida Rafinya Diasning dubli evaziga "Osasuna" ustidan g'alabani ilib ketdi (2:0). Braziliyalik vinger 70- va 86-daqiqalarda gol urdi. O'yinning eng yaxshi futbolchisi sovrini esa Lamin Yamalga nasib etdi.
18 yoshli ispaniyalik eng ko'p dribling (beshta) amalga oshirdi, shuningdek, yaratilgan golli vaziyatlar (uchta) va g'alaba qozonilgan duellar (sakkizta) bo'yicha ham eng yaxshi bo'ldi.
Xans-Diter Flik jamoasi 17-turdan keyin 43 ochko bilan La Liga turnir jadvalida "Real" (36), "Vilyarreal" (35) va "Atletiko"dan (34) oldinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232