Argentina terma jamoasi JCh-2026 ishtirokchilari safidan chetlatilishi mumkin — La Nacion
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

Argentina terma jamoasi Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) atrofidagi korruptsiya janjali fonida 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchilari safidan chiqarib yuborilish xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda La Nacion nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, AFA rahbariyati vakillari — tashkilot rahbari Klaudio Tapiya, uning ishonchli shaxsi Pablo Tovigino hamda moliya departamenti rahbari o'rinbosari Lusiano Nakis gumon ostida qolmoqda. Sud Pilar shahrida joylashgan 10 gektarlik qo'rg'on, undagi vertolyot qo'nish maydonchasi, ot boqish fermer xo'jaligi va 50 tadan ortiq retro avtomobillarga bo'lgan mulk huquqini o'rganmoqda.
Qayd etilishicha, agar tergov yakunida sud ishlari boshlansa va futbol federatsiyasi faoliyatiga davlat aralashuvi mavjud deb topilsa, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) Argentina terma jamoasini musobaqadan chetlatishi mumkin.
Avvalroq politsiya AFA binosida hamda mamlakatdagi 13 ta futbol klubida noqonuniy moliyaviy operatsiyalarda, jumladan pul yuvishda ishtirok etilgani gumoni bilan tintuv o'tkazgan edi. Tergov Sur Finanzas kompaniyasi bilan bog'liq bo'lib, mazkur kompaniya qayd etilgan klublarga homiylik qilgan va AFA prezidenti Tapiyaning yaqin do'sti Ariel Valexoga tegishli. Tergovchilarning fikricha, Sur Finanzas klublarga qarzlar taqdim etgan va televizion yoki marketing huquqlari orqali to'lovlar olgan bo'lishi mumkin.

Bosh sahifaga
230