O'FA rahbariyati O'zbekiston U-21 terma jamoasi a'zolari bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

Ayni kunlarda Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O'zbekiston U-21 terma jamoasi Milliy futbol markazida U-23 Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov yoshlar jamoamiz bilan uchrashdi.
Suhbatda oldinda turgan Osiyo kubogi futbolchilarga katta tajriba taqdim etishi ta'kidlandi. Avvalgi turnirda ham jamoalarimiz 2 yosh kichikroq futbolchilar bilan ishtirok etib, munosib natija qayd etgani, bu chempionat Olimpiada yo'llanmasini taqdim etuvchi 2028 yilgi Osiyo kubogiga tayyorgarlik vazifasini o'tashi aytib o'tildi.
Yanvar oyida U-23 Osiyo kubogi bo'lib o'tadi. Olimpiadaga chiqish musobaqasiga maqsadli tayyorgarlik ko'rish uchun 21 yoshli jamoa bilan ishtirok etasiz. Lekin sizlar bundan oldin terma jamoalar tizimida U-17, U-18 va U-20 jamoalari bilan xalqaro musobaqalarda qatnashdingiz va tajriba orttirdingiz. Olgan tajribangiz yaqinlashib kelayotgan U-23 Osiyo kubogida yordam beradi, dedi Ravshan Irmatov.
O'z o'rnida murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashildi, yoshlarimiz xarakter, professionalizm, intizom va ahillik namoyish etgan holda yuqori natijalar qayd etilishiga ishonch bildirildi.

Bosh sahifaga
212