Flik nega Levandovskini maydonga tushirmagani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1734

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski La Liganing shanba kungi "Osasuna"ga (2:0) qarshi o'yinida zaxirada qoldirildi.
Kataloniyaliklar faqat 70-daqiqada Rafinya Diasning sa'y-harakatlari bilan hisobni ochgan bo'lsa, 86-daqiqada u oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Polshalik faxriy garchi qaydnomaga kiritilgan bo'lsa-da, maydonga tushmadi. Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, 37 yoshli forvard mushaklaridagi noqulaylik tufayli uchrashuvda ishtirok etmagan.
16 dekabr, seshanba kuni Xans-Diter Flik jamoasi Ispaniya Kubogi 1/16 finalida "Deportivo Gvadalaxara"ga qarshi bahs olib boradi.
Robert Levandovski joriy mavsumda 17 ta bahsda 8 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236