O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston Belarusga yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 451

Birlashgan Arab Amirliklarida bir haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston terma jamoasi bugun Belarusga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.
O'yin boshida jamoalar oldinga o'tishga shoshilishmadi. Ammo taym o'rtalarida Stasevich qanotdan etkazgan uzatmani Nexaychik darvozaga joylab qo'ydi.
Ikkinchi bo'limda esa evropaliklar hisobdagi farqni oshirish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Himoyachimiz raqib futbolchisining ortidan turtib yiqitgani uchun darvozamiz tomon penalti belgilandi. Dragun tomonidan yo'llangan zarbani Eldor Suyunov qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
O'zbekistonliklar ijrosidagi xavfli hujumlar u qadar ko'p bo'lmadi. Belarus himoyachilari va darvozaboni yaxshi harakat qilib, g'alabani saqlab qolishdi.
O'ZBEKISTON — BELARUS' — 0:1
GOL: 0:1 — Nexaychik (26).
Ogohlantirishlar: Laptev (49), Kendish (73), Ismailov (89).
Noaniq penalti: Dragun (58, darvozabon).
O'zbekiston: Suyunov — Xolmuhammedov, Eshmuradov, Krimets (S), Zoteev — Ismoilov, Ismatullaev, Qodirqulov — Jaloliddinov, Sergeev, Abduxoliqov.
Zaxira: Abdujalilov, Qobilov, Aliqulov, Muhiddinov, Bozorov, Turg'unboev, Murtazoev, Norxonov.
Belarus: Pavlyuchenko — Matveychik, Politevich, Pavlovets, Burko (Shvetsov, 90) — Korzun (Lisakovich, 67), Kendish — Nexaychik (Karpovich, 90), Dragun, Stasevich (k) — Laptev (Podstrelov, 78).
Hakamlar — Umar Muhammad al-Aliy, Hasan al-Hamriy, Zayd David (barchasi — BAA).

Bosh sahifaga
230