Runi Fergyusonning g'ayrioddiy usuli haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi ser Aleks Fergyuson jamoani "Milan"ga qarshi o'yinga qanday tayyorlaganini esladi.
Shotlandiyalik murabbiy "rossonerilar" yarim himoyachisi Andrea Pirloning tahdididan shu qadar qo'rqqanki, Pak Chji Sunni maydonda italiyalik futbolchini qo'riqlashni buyurgan.
"Fergi "Milan" bilan o'yinimiz oldidan instruktaj o'tkazganini eslayman. U Pakga tom ma'noda quyidagilarni aytdi: "Bugungi vazifang - to'p bilan ishlamaslik, pas bermaslik, vazifang - Pirlo. Bor gap shu - Pirlo," - deya Runining xotiralarini keltiradi Man United Media.
2009/10 yilgi mavsumda "qizil iblislar" Chempionlar Ligasi 1/8 finalida "Milan"ni umumiy 7:2 hisobida mag'lub etishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294