"Real" yulduz futbolchi bilan kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

"Bavariya" markaziy himoyachisi Dayo Upamekano Madridning "Real" klubiga o'tishga rozilik berdi.
Frantsuzning hozirgi klubi bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi. Jurnalist Santi Auna xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" Upamekano bilan kelajakdagi transfer bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. Agar rejadan tashqari hech narsa sodir bo'lmasa, 27 yoshli futbolchi iyul oyida erkin agent sifatida ispan grandi safiga qo'shiladi.
"Real" vakillari Dayo Upamekanoning barcha talablarini qondirishga tayyorligini bildirdi. Futbolchi myunxenliklar safida 2021 yildan buyon to'p tepib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239