"Arsenal" muxlislari uchun noxush xabar: Obameyang boshqa jamoaga o'tmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 478

"Arsenal"ning gabonlik hujumchisi Per-Emerik Obameyang yozda "Inter"ga o'tishga qarshi emas. Bu haqda "ESPN" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "Arsenal" keyingi mavsumda EChLda o'ynashiga ko'zi etmayotgan futbolchi jamoasini almashtirmoqchi. Obameyangning "Arsenal" bilan shartnomasi 2021 yil yozida tugaydi, shuning uchun londonliklar ham futbolchini sotishlari mumkin. Obameyang "Inter"da "Real" yoki "Barselona"ga o'tishi kutilayotgan Lautaro Martinesning o'rnini egallashi mumkin.
30 yoshli hujumchi joriy mavsumda "Arsenal" safida barcha turnirlarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: soccernews.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254