Mourino Krauchdan faoliyatini tiklashini so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 381

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Piter Krauchning aytishicha, Londonning “Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino undan faoliyatini qayta boshlashini so'ragan.
"Menga Joze qo'ng'iroq qildi. Odatda begona raqamli qo'ng'iroqlarga javob bermayman. Lekin FaceTime orqali qo'ng'iroq qildi va men javob berdi.
Uni o'z kabinetida o'tirganini ko'rdim. Keyn va Sonlarning jarohati sababli, Mourino mendan faoliyatimni qayta tiklashimni so'radi. U menga tayyormisan, sen bizga keraksan dedi.
"Unga mening raqamimni “Tottenxem” klubi matbuot kotibi bergan ekan. Men faoliyatimni yakunlaganman. “Tottenxem”da qanchalik o'ynashimni xohlaganimdan qat'iy nazar, men avvalgi holatimni tiklay olmayman.
Barchani ishontirib ayta olamanki, Mourino bilan suhbatlashganimdan mamnun bo'lgan bo'lsam ham, APLda gol ura olmayman", - dedi Krauch Daily Mail bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Piter Krauch 2019 yilda faoliyatini yakunlagan edi.

Bosh sahifaga
214