"Tottenxem" Semeno uchun kurashni davom ettirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12

Londonning "Tottenxem" klubi "Bornmut" vingeri Antonio Semeno uchun kurashda chekinmoqchi emas.
Avvalroq, Semeno "Tottenxem"dan ko'ra "Arsenal"ga o'tishni afzal ko'rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq, jurnalist Sami Mokbelning ta'kidlashicha, "shporlar" 25 yoshli futbolchiga moliyaviy jihatdan eng foydali taklifni berishga tayyor. Ta'kidlanishicha, Semenoning 74 million evrolik tovon puli "Tottenxem" uchun muammo bo'lmaydi. Bo'lajak transferlar oynasi uchun poytaxt klubi katta mablag' ajratishi kutilmoqda.
Semeno joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol bilan raqiblarini ranjitdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205