Benzema klubini o'zgartirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

Frantsiyalik yulduz hujumchi Karim Benzema kelasi yilning yozida Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubini tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Jurnalistga ma'lum bo'lishicha, 37 yoshli hujumchi erkin agent maqomida ketishga tayyor. Uning saudiyaliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning iyunida o'z nihoyasiga etadi.
Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, Karimning hozirgi bozor narxi etti million evroni tashkil etadi.
Frantsiyalik markaziy hujumchi 2025/2026 yilgi mavsumda oltita o'yinda qatnashib, to'rtta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206