Noni Madueke "Arsenal"ning Chempionlar ligasidagi tarixiy rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 297

Londonning "Arsenal" klubi va Angliya milliy terma jamoasi vingeri Noni Madueke "Arsenal" tarixida Evropa Chempionlar Kubogi/Chempionlar Ligasida klub uchun ilk uchta golini urgan birinchi o'yinchi bo'ldi. Bu ma'lumotni Opta Sport tashkiloti e'lon qildi.
26 noyabr kuni angliyalik futbolchi EChL 5-turi doirasida Myunxenning "Bavariya"siga (3:1) qarshi o'yinda gol urgan bo'lsa, 10 dekabr kuni Chempionlar Ligasi - 2025/2026 umumiy bosqichining 6-turida "Bryugge"ga qarshi bahsda Madueke dubl qayd etdi.
Joriy mavsumda vinger "Arsenal" safida barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 3 ta gol yozib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206