EChL. "Monako" o'z uyida "Galatasaroy"ni minimal hisobda taslim qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

"Monako" o'z maydonida Chempionlar ligasi umumiy bosqich 6-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Galatasaroy"ni mag'lub etdi - 1:0.
Yagona gol 68-daqiqada mezbonlar forvardi Falorin Balogun tomonidan kiritildi. 51-daqiqada monegasklar xavbeki Denis Zakariya penaltidan unumli foydalana olmadi.
"Galatasaroy" Chempionlar Ligasi umumiy turnir jadvalida 9 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda, "Monako" ham 9 ochko to'plagan, ammo qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha turk jamoasidan bir pog'ona pastda bormoqda.
Keyingi turda "Galatasaroy" o'z maydonida "Atletiko"ni qabul qilsa, "Monako" safarda "Real" bilan kuch sinashadi.
EChL. 6-tur
10 dekabr, 01:00
Monako - Galatasaroy - 1:0
Gollar: Balogun, 68 (1:0)
Foydalanilmagan penalti: Zakariya, 51’
Monako: Gradetski, Kerer, Salisu, Kayyu Enrike, Vanderson, Zakariya, Kamara, Minamino (Teze, 75), Golovin (Uttara, 82), Akliush, Balogun (Bieret, 86)
Galatasaroy: Ugurdjan Chakiir (Gyunay Gyuvench, 68), Sanches, Abdyulkerim Bardakdjii, Yakobs (Ikardi, 79), Sholloi, Sara, Torreyra, Gyundogan (Yunus Akgyun, 63), Bariish Yiilmaz, Sane, Osimxen
Ogohlantirishlar: Bieret, 90 - Sanches, 50. Bariish Yiilmaz, 88
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
221