Braziliyalik jurnalist Tyago Silvaning "Milan"ga qaytishi mumkinligini tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 836

Braziliyalik futbolchi Tyago Silva Italiyaning "Milan" klubiga qaytishi mumkinligi haqida bir necha bor xabar bergan edik. Buni ESPN Brasil jurnalisti Chichero Mello ham tasdiqlaydi.
"Bu haqiqiy qiziqish, Tyagoga "Milan" qiziqmoqda, klubga uning tajribasi kerak. Hal qiluvchi omil esa oila bo'lishi mumkin. Uning oilasi Londonda yashaydi, o'g'li birinchi professional shartnomani imzolagan. Braziliyadan u yoqqa uchish uzoq. Italiyadan esa - boshqa masala," - dedi Mello.
Silva 2009-2012 yillarda "Milan" sharafini himoya qilgan. Hozirda u Braziliyaning "Fluminense" klubi safida o'ynamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234