Ronaldu yubiley o'yinini o'tkazmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 423

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomidagi 1000-o'yinni o'tkazmoqda.
Ma'lumot uchun, «Yuventus» ayni damda Italiya chempionatining 25-turidan o'rin olgan bahsda SPAL bilan o'ynamoqda. Futbolchi yubiley o'yinida o'z nomiga bitta gol yozdirib qo'yishga ulgurdi (1:2 ikkinchi bo'lim)
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli Ronaldu «Yuventus»dan avval «Real» Madrid, «Manchester Yunayted» va «Sporting» klublari safida o'ynashga ulgurgan. Qolaversa, hujumchi Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281