"Milan" qishda "Real" tarkibiga sig'mayotgan futbolchi uchun taklif bilan chiqishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

"Milan" Madridning "Real" klubi chap qanot himoyachisi Ferlan Mendiga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi Grande 3 nashri.
Manbaga ko'ra, "rossonerilar" yaqin haftalarda 30 yoshli frantsuz uchun "qirollik klubi" bilan muzokaralarni boshlashi mumkin. Hozirda Mendi jamoa asosiy tarkibi uchun chap qanotda Alvaro Karreras va Fran Garsiyadan keyingi 3-tanlov hisoblanadi.
Transfermarkt 10 million evroga baholayotgan futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. U hozirda mushaklar shikastlanishi tufayli 2025 yil oxirigacha safdan chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226