APL. London derbisida «Chelsi» g'alaba qozondi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 568
Angliya chempionatining 27-turi London derbisi bilan boshlandi. «Chelsi» o'z uyida «Tottenxem»ni qabul qilib, 3 ochkoni qo'lga kiritdi.
Bahsning 15-daqiqasida Olive Jiru hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Frantsiyalik futbolchi uchun bu mavsumdagi dastlabki gol bo'ldi.
Ikkinchi bo'lim boshida esa Markos Alonso kuchli zarba bilan "Tottenxem" darvozasini zabt etdi.
"Shporlar" o'yin tugashiga 1 daqiqa qolganida bitta javob to'pini "Chelsi" darvozasiga kiritishdi. To'p Ryudigerga tegib, mezbonlar darvozasidan o'rin oldi.
Ushbu g'alabadan keyin Lempard jamoasi o'z ochkolarini 44taga etkazib, 4-o'rin uchun kurashda imkoniyatlarini yaxshilab oldi.
Angliya chempionati, 27-tur
Chelsi – Tottenxem 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 15 Jiru, 2:0 – 48 Alonso, 2:1 – 89, avtogol Ryudiger.
Chelsi – Kabalero, Djeyms, Aspilikueta, Kristensen, Alonso, Maunt, Jorjino, Barkli (Villian, 77), Kovachich, Ryudiger, Jiru (Abraxam, 71).
Tottenxem – Loris, Tanganga, Sanches, Alderveyreld (Ore, 78), Devis, Ndombele (Lamela, 63), Lo Chelso, Lukas Moura, Uinks, Bergveyn (Alli, 78), Vertongen.
Ogohlantirishlar: Uinks (23), Kristensen (65), Lo Chelso (81).