"O'xshashlikni ko'ryapman": Xabi Alonso Mbappe va Ronalduni taqqosladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso matbuot anjumanida hujumchilar Kilian Mbappe va Krishtianu Ronaldu o'rtasidagi o'xshashlik haqida gapirdi.
"Ronaldu va Mbappeni solishtirish? Kilian Krishtianu kabi "Real" tarixiga kirish yo'lida harakat qilmoqda. Ambitsiyalar va statistika bo'yicha Mbappe elita orasida. U bilan har kuni ishlash ajoyib. Uning boshqalarga ta'sir o'tkazish istagi, yuqumli energiyasi uni Krishtianuga yaqinlashtiradi. Men bunda o'xshashliklarni ko'ryapman," - dedi Alonso jurnalistlarga.
7 dekabr, yakshanba kuni "Real" Ispaniya chempionatining "Selta"ga qarshi uy uchrashuvini o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214