Saudiyada "Real"ning zaxira futbolchisi uchun 120 million evro maosh taklif qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 258

"Real" hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish variantiga ega. O'tgan yozdayoq saudiyaliklar Diasga qiziqish bildirishgandi va endi ular taklifni yaxshilashga tayyor.
Diasga 120 million evrolik shartnoma taklif qilinishi mumkin - to'rt mavsum davomida yiliga 30 million evrodan. Bu haqda OK Diario nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Braim Diasning kelajagi bo'yicha qaror jahon chempionatidan keyingina qabul qilinadi. "Real" futbolchini saqlab qolmoqchi, ammo u kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda, bu esa o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin. 2025/2026 yilgi mavsumda Dias 16 ta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa-da, jami 454 daqiqa harakat qildi (har bir o'yinda o'rtacha 28,4 daqiqa).

Bosh sahifaga
217