Messi navbatdagi individual sovrinni qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4536

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLS pley-off finalida "Vankuver Uaytkeps"ga qarshi o'yindan so'ng individual sovrinni qo'lga kiritdi.
Uchrashuv Xaver Maskerano jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Messining o'zi gol ura olmadi, biroq jamoadoshlariga ikki marta golli pas uzatdi. Uchrashuv yakunida 38 yoshli futbolchiga MLS kubogining eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirildi. Yulduz hujumchi jami oltita gol va to'qqizta golli uzatma bilan pley-off rekordini o'rnatdi.
"Inter Mayami" tarixda ilk bor turnir g'olibiga aylandi. Lionel Messi 2023 yilning yozidan beri klub sharafini himoya qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
168