“Mash'al”ni superligada kim boshqaradi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 506

Superliga debyutanti “Mash'al” jamoamiz rahbariyati jamoani superligada boshqaradigan murabbiyni e'lon qildi. Futbolchilik faoliyatida jamoaning himoya qo'rg'onida harakat qilgan va olti yildan buyon jamoa direktori bo'lib kelgan Dilyaver Vaniev “Mash'al”ning tarixidagi 17murabbiysi bo'ldi.
Faoliyati davomida “Yangier”da boshlagan himoyachi «Zarafshon», «Navbahor» va «Mash'al» jamoalarida bir mavsum to'p tepkan 3 raqam egasi, 2005 yildan beri Muborakda. Orada bir mavsum «Andijon» libosini kiydi. Hatto klub 1 ligaga tushib ketgan yili ham Vaniev jamoasiga sodiq qolgan edi.
1975 yilda tavallud topgan futbolchi roppa-rosa 39 yoshigacha futbol o'ynadi. Doimiy ravishda o'z saviyasini bir xil tarzda ushlab tura olgan Vaniev o'z jamoasining rosmana afsonasiga aylana oldi.
D. Vanievga yaqindan Botir Qoraev va Otabek Narzullaev yordam berishadi.
Dilshod Safarov tayyorladi.

Bosh sahifaga
238