Neymar so'nggi 6 yilda ilk marta singlisining tug'ilgan kuni va karnavalga bormaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 618

"PSJ" hujumchisi Neymar bu safar 22-25 fevral kunlari Braziliyada o'tadigan karnavalda ishtirok eta olmaydi.
"Katta xursandchilik bilan shuni ma'lum qilamanki, ushbu yilda Braziliyadagi karnavalni o'tkazib yuboraman. Bu safar hech qanday bahslashishga o'rin yo'q. Rahmat. Baxtli karnaval!", - dedi Neymar Instagram'da qoldirgan xabari orqali.
Neymar Evropaga ko'chib o'tganidan buyon so'nggi 6 yilda karnavalda ishtirok etish uchun sabab topayotgan edi. Bundan tashqari, u so'nggi olti yilda ilk marta 11 mart kuni bo'ladigan singlisining tug'ilgan kuniga bora olmaydi. Futbolchi Evropadagi faoliyatining dastlabki 2 yilida sariq kartochkalarining jamlanmasi tufayli yuzaga keladigan diskvalifikatsiyani singlisining tug'ilgan kuniga "to'g'rilagan" bo'lsa, keyingi 3 yilda u jarohat olgan edi.
Bu esa "PSJ" 11 mart kuni Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida "Borussiya Dortmund"ga qarshi javob o'yinini o'tkazadi. Shu bois, Neymar Braziliyaga bora olmaydi.

Bosh sahifaga
249