Kike Seten: «Breytueyt «Barselona» o'yiniga mos keladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 418

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten jamoaning yangi hujumchisi Martin Breytueyt haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Albatta, u "Eybar"ga qarshi o'yinda ma'lum vaqtga maydonga chiqishi kerak. Balki, bu haqda gapirishga hali ertadir. Martin yaxshi formaga kirib bormoqda, ammo hali unga tushuntirishimiz kerak bo'lgan ko'p narsalar bor.
Martinni biroz vaqtdan beri kuzatib kelyapmiz. Ushbu futbolchi o'zining ba'zi xususiyatlari bilan bizga mos keladi. U turli pozitsiyalarda o'ynay oladi va jamoaga mos keladi.
U bizga jiddiy yordam berishiga men ishonaman. Breytueyt – nafaqat yaxshi futbolchi, balki aqlli o'yinchi ham», – dedi Seten.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234