UEFA "Benfika" muxlislariga chiptalar sotilmasligini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 255

UEFA rahbariyati Portugaliyaning "Benfika" klubi muxlislari yaqinlashib kelayotgan Chempionlar ligasi safar o'yinida o'z klubini qo'llab-quvvatlay olmasligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda Footboom xabar bermoqda.
Klub "Ayaks"ga qarshi o'yindagi muxlislarning xatti-harakatlari uchun jazolandi. Ular pirotexnikadan foydalangan, natijada "Benfika" "Yuventus" bilan mehmondagi o'yin chiptalarini sotish huquqidan mahrum bo'lgan. Jamoa rahbariyati agar qoidabuzarliklar takrorlansa, muxlislar uy o'yinlarida ham jazoga tortilishi haqida allaqachon xabar qilgan.
5 turdan so'ng "burgutlar" 3 ochko bilan musobaqa jadvalida 30-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193