"Milan" direktori Menyanning kelajagi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 379

"Milan" klubi sport direktori Igli Tare frantsiyalik darvozabon Mayk Menyan bilan shartnoma masalasi haqida fikr bildirdi. Ayni paytda frantsuz hali shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarga kirishmagan, ammo klub rahbariyati bu borada xavotirga o'rin yo'q deb hisoblamoqda.
- Menyan biz o'ylagandek yaxshi harakat qilmoqda. U ajoyib mavsum o'tkazmoqda. Biz mavsum boshida kelishib olgandik, bir-birimizga bosim o'tkazmasdan oldinga boryapmiz. Biz xotirjamlik bilan muloqot qilamiz, e'tiborimizni o'yinlarga qaratamiz, keyin esa hammasi qanday bo'lishini ko'ramiz," - deya Tarening so'zlarini keltiradi La Gazetta dello Sport.
Klub darvozabonga yiliga 5 mln evro berishga tayyor, ammo u kattaroq maoshga umid qilmoqda. Ayni damda frantsiyalik futbolchini "Bavariya" va Angliyaning bir qator klublari kuzatib bormoqda.

Bosh sahifaga
171