"Borussiya" Dortmund portugaliyalik hujumchisi bo'yicha qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 200

Dortmundning "Borussiya" klubi portugaliyalik forvardi Fabiu Silva jamoani tark etishi haqida so'nggi vaqtlarda turli OAVlarda xabarlar tarqalgandi.
Footboom xabariga ko'ra, klub allaqachon Silvaning agentlari bilan muzokaralar olib borgan va yanvar oyidagi transfer oynasida futbolchidan qutulmoqchi emas. Avvalroq, futbolchining xizmatlariga Italiyaning "Roma" klubi qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'lgandi.
Silva dortmundliklar safiga o'tgan yozda Angliyaning "Vulverxempton" klubidan 22,5 million evro evaziga kelib qo'shilgandi. U joriy mavsum klub miqyosida 12 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217