"Aston Villa" etauchilaridan biri 8-12 haftaga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri yarim himoyachi Ross Barklining jarohati haqida gapirdi. O'tgan turda "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda Barkli ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan, biroq ko'p o'tmay almashtirilgandi.
"Barklining jarohati biz kutganimizdan ham jiddiyroq bo'lib chiqdi. U qancha vaqt o'tkazib yuborishini aniq bilmayman. Ehtimol, bu 8-12 hafta davom etadi. Umid qilamanki, kamroq. Afsusdaman, chunki u bizga katta yordam berayotgandi va asosiy tarkibga kirishga yaqin edi," - dedi Emeri matbuot anjumanida.
Chorshanba kuni "Aston Villa" Angliya chempionati doirasida "Everton" mehmoni bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Home
192