Xabi Alonso Gonsalo Garsiya nega kam o'yin amaliyoti olayotganini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Gonsalo Garsiya haqida gapirdi. Futbolchi yozda klublar o'rtasidagi jahon chempionatida to'rtta gol urdi, ammo 2025/2026 yilgi mavsumda u kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.
"Garsiya klublar o'rtasidagi jahon chempionatini ajoyib o'tkazdi, u erda gollar urdi. Ehtimol, hozir u o'ziga loyiq bo'lganidan kamroq daqiqa olgandir. Ammo o'shanda bizda Mbappe yo'q edi, hozir esa Mbappe bor - va u top darajani ko'rsatmoqda. Gonsalo aqlli. U qaerdaligini biladi, u har doim tayyor. U bizga kerak," - dedi Alonso matbuot anjumanida.
3 dekabr, chorshanba kuni "Real" La Liga doirasida "Atletik" mehmoni bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251