Dyugarri: "Mbappe "Oltin to'pni" olish uchun Xolanddan o'rnak olsin"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 489

Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Kristof Dyugarri PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappega maslahat berdi.
"Mbappe noyoq iqtidor egasi. Ammo, etakchilik muayyan majburiyatlarni talab qiladi. Hujumkor futbolchi uchun ushbu konseptsiyaga nimalar kiradi? Maydonda bor kuchini sarflashi kerak, doimiy ravishda o'yinni nazorat qilish va noodatiy qarorlar qabul qilishi kerak. Mbappening o'yin uslubi qanday? Doim chiroyli bo'lishmi? Yo'q, futbol boshqacha ishlaydi.
Sancho va Xolandlar PSJni mag'lub etish uchun barcha ishni qilishdi, Mbappe esa yo'q. Kilianga nima etishmayapti? Xolandning bir yarim soat mobaynida amalga oshirganishi etishmayapti. U "Oltin to'pni" qo'lga kiritish uchun Xolanddan o'rnak olishi kerak, - dedi Dyugarri.

Bosh sahifaga
258