Villian yangi fuqarolik oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Villian fuqaroligini almashtirganligini aytib o'tdi.
"Men yaqinda Britaniya fuqaroligini olish uchun test topshirdim. U test Britaniya tarixi haqida savollarga to'la edi. Bu juda qiyin ekan. Shunday savollar bor ediki, u savollarga mening britaniyalik do'stlarim ham javob bera olishmadi. Birinchi va ikkinchi urinishda testdan o'ta olmadim, lekin uchinchi o'rinishda buni uddaladim. Endi men Britaniya fuqarosiman.
Men "Chelsi" klubi safida olti yildan ortiqroq vaqt mobaynida o'ynab kelyapman va bundan juda baxtiyorman. Oilam va farzandlarim Londondan ketishni xohlaymashdi va bu er bizning ikkinchi uyimiz. Mening qizlarim shu erda voyaga etishlarini xohlayman", - 31 yoshli braziliyalik futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Daily Mail.

Bosh sahifaga
260