Frantsiya chempionatining yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 231

«PSJ» hujumchisi Neymar Frantsiya chempionatining yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. Bunday qaror Frantsiya professional futbolchilar assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilindi.
Braziliyalik futbolchi o'tgan oyda Liga-1 doirasida 3ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. O'tkazilgan so'rovnomada Neymar «Reyms» himoyachisi Yunus Abdulhamid va «Lion» hujumchisi Mussa Dembeleni ortda qoldirdi.
Umuman olganda, 28 yoshli futbolchi ushbu mavsumda Frantsiya chempionati doirasida 14ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urdi va 6ta golga uzatma bergan.
«Monako» hujumchisi Vissam Ben-Yedder dekabr oyida Liga-1ning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239