«Ayaks» etakchilaridan biri jamoasini o'zgartirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 662

“Ayaks” yarim himoyachisi Sim de Yong rasman “Tsintsinnati” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
31 yoshli futbolchi yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qo'shildi. De Yongning “Ayaks” bilan shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar mo'ljallangan edi, biroq amsterdamliklar futbolchi bilan shartnomani bekor qildi va uni qo'yib yuborishga qaror qildi.
Ma'lumot uchun, futbolchi “Ayaks” safida 277ta o'yinda maydonga tushib, 88ta gol urgan hamda 52ta golga assistentlik qilgan. Futbolchi shuningdek, “Nyukasl”, PSV va “Sidney” jamoalari safida ham to'p surgan.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228