Xayrulla Hamidov: «Arteta uchun sinov»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 420

Evropa ligasiga Angliyadan uchta jamoa chiqdi va ularning ichida “Arsenal” g'oliblik uchun ko'proq e'tibor qaratadi, degandik. Turnir jadvalidagi holati shuni taqozo etardi. Biroq, Manchesterning moviy tomoniga jazo qo'llanilishi ortidan londonliklarda ham Evropa Chempionlar Ligasiga yo'llanma uchun imkoniyat paydo bo'lib qoldi – “Chelsi”dan etti ochko ortda, katta farq emas.
Endi Arteta kuchni teng taqsimlashni yo qaysi tomonga ko'proq ajratishni o'ylayotgan bo'lsa, ajabmas.
Oxirgi turda “Arsenal” tarkibida bir qator etakchilar zaxira o'rindig'ida edi – Torreyra, Lyakazett va Martinelli. Demak, ispaniyalik mutaxassis Evropa ligasiga ham e'tiborsiz emas. Quruq qo'l bilan “Olimpiakos”dan o'tib bo'lmasligini biladi. Gretsiya klubi ham “Arsenal” singari murabbiyini almashtirdi. Yangi mutaxassis bilan uslubi ham o'zgardi.
Oldingi holida ham “Olimpiakos” yomon taassurot qoldirmagan. EChL guruh bahslarida ikkinchi yo'llanma uchun “Tottenhem”ga raqobatchi bo'lgandi. “Bavariya”ga ham ikki o'yinda etarlicha tashvishlar tug'dirgan. Qisqa qilib aytganda, u bu turnirga yuqoridan mag'rur holda tushdi. Arteta yigitlari jiddiy ter to'kishlariga to'g'ri keladi.
Xullas, bir-biriga ko'p jihatdan o'xshash klublar. Yaxshi o'yin bo'ladi. Tunda bo'lishiga qaramay, o'tkazib yubormaslikni so'rardim. Birga kuzatamiz.
01:00da!!!
Manba: Xayrulla Hamidov telegram kanali
Bosh sahifaga
267