Ro'zimboy Ahmedov «Andijon»ga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16683
Yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan «Andijon» jamoasi Toshkent yig'ini mobaynida bir qator futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda.
Hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida Ro'zimboy Ahmedov taklif etildi. Muxlislarga yaxshi ma'lumki, 31 yoshli futbolchi 2016 yilning ikkinchi yarmida «burgutlar» safida xarakat qilgandi. 2017-2018 yillarni esa Namanganning «Navbahor» klubida o'tkazgandi.
Bugun Ro'zimboy «Andijon» safiga kelib qo'shildi va klub vitse-prezidenti Ma'rufjon Abdisalomov bilan muzokara o'tkazib, rasman kelishuvga erishdi.
«Andijon» matbuot xizmati.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216