Gvardiola “Barselona” prezidentiga keskin javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 382

Angliyaning "Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti Jozep Bartomeuga keskin javob qaytardi.
Avvalroq, “Barselona” klubi rahbari “Manchester Siti”ni ikki yilgi EChLdan chetlatgan UEFAga minnatdorchilik bildirgandi.
"Agar bizning diskvalifikatsiyamizdan "Barselona"dagilar xursand bo'layotgan bo'lsa, u holda men janob Bartomeuga apellyatsiya berishga tayyorgarlik ko'rayotganimizni eslatib qo'ymoqchiman. Men "Barselona"ga baland ovozda gapirmasligini maslahat beraman, chunki barcha har xil vaziyatga tushib qoladi. Umid qilamanki, qabul qilingan qaror o'zgaradi va kelajakda "Barselona"ga qarshi EChLda o'ynaymiz, - Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

Bosh sahifaga
247