Arteta: «Evropa futboli Britaniyanikidan farq qiladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 270

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Evropa Ligasi doirasida «Olimpiakos» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Rostini aytsam, hayajonlanyapman. Hech kimga sir emas, bu bahs men «Arsenal» klubi bosh murabbiyi sifatida Evrokuboklardagi debyutim bo'ladi. Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish uchun “Olimpiakos” klubi o'yinlarini tomosha qilish uchun juda ko'p vaqt ketdi. Bu klub o'z maydonida yaxshi o'yin namoyish etadi.
Evropa futboli Britaniya futboli bilan katta farq qiladi. Bu muhim nuqta va biz bunga moslashishimiz kerak. Raqib bizga taklif qilishi mumkin bo'lgan barcha narsaga tayyor turishimiz kerak.
EChLga yo'llanma olish uchun imkoniyatimiz bor. Buning uchun APL va ELning har bir uchrashuvida muvaffaqiyatli o'yin namoyish etishimiz kerak. «Arsenal» Evropaning har bir burchagida g'alaba uchun maydonga tushishi shart», — dedi Mikel Arteta.

Bosh sahifaga
310