Konte: «U til bilmasligidan tashvishlanmoqda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 346

Italiyaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte Evropa Ligasining 1/16 final bosqichi doirasida «Ludogorets» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Tarkibimizdagi barcha futbolchilar o'zlarini yaxshi his qilishmoqda. Evrokuboklarda rotatsiyasiz harakat qila olmaysiz, chunki qisqa muddat ichida bizda ko'plab uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Hozir o'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkon berish uchun qulay vaqt.
Eriksen bosqichma bosqich o'yin tepmpiga kirib bormoqda. Hozir Eriksen bilan suhbatlashish uchun ingliz tilini yodda saqlashib kerakligidan xavotirlanyapman. U italiya tilini bilmasligidan tashvishlanmoqda, ammo, men aminmanki, til borasida hech qanday muammo bo'lmaydi», — dedi Antonio Konte.

Bosh sahifaga
270