"Andijon" "Bunyodkor" bilan durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 216

Bugun “Bunyodkor” futbol klubining akademiyasi maydonida “Andijon” hamda “Bunyodkor” jamoalari o'zaro nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Uchrashuv qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tdi. Lekin, o'yinda g'olib jamoa nomi aniqlanmadi.
Bellashuvning 31-daqiqasida Timur Usmonov raqib darvozasini ishg'ol etib, “Andijon” jamoasini oldinga olib chiqqan bo'lsa, 57-daqiqada Bahodir Pardaev jamoamiz darvozasini ishg'ol etib, muvozanatni tikladi va bahs 1:1 hisobi bilan o'z yakuniga etdi.
“Andijon” – “Bunyodkor” 1:1
Hakam: Akobirxo'ja Shukurullaev.
Gollar: Timur Usmonov (31), Bahodir Pardaev (57).
"Andijon": Arslon Ahrorov, Dmitro Zozulya, Usmonali Ismonaliev, Xushnud Avilov, Azamat Isroilov, Farhod Bekmuratov, Jamshid Hasanov, Muhammad Yo'ldashev, Abdulloh Olimov, Siroj Meliev, Timur Usmanov.
Zahiradagi futbolchilar: Zuhriddin Qahhorov, Qahramon Bahodirov, Jon Lesleon, Baxtiyor Qosimov, Artyom Litvyakov, Farhod Mirahmatov, Nodir Mavlonov, Jahongir Abdumo'minov.
«Bunyodkor»: Sarvar Karimov, Muhammadodil Qahramonov, Davronjon Ergashev, Abdulla Abdullaev, Suhrob Izzatov, Farrux Ikromov, Lutfulla To'raev, Nurillo To'xtasinov, Doniyor Usmonov, Bahodir Pardaev, G'ulom-Haydar G'ulomov.
Zahiradagi futbolchilar: Nozimxon Rustamov, Temuriy Bukiya, Abdulaziz Abdusalomov, Rasul Yo'ldoshev.
Manba: https://t.me/fcandijan
Bosh sahifaga
328