Mourino necha yildan beri pley-offda g'alaba qozona olmayotganini bilasizmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301

Kecha tunda EChLning 1/8 final dastlabki uchrashuvida «Tottenxem» klubi Germaniyaning “Leyptsig” klubiga qarshi uchrashuvda imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, Joze Mourino EChLning pley-off bosqichida olti yildan beri g'alaba qozona olmayapti. Uning pley-off bosqichidagi so'nggi g'alabasi «Chelsi» klubi bilan 2014 yilning 8 aprel kuni Londonda «PSJ» klubi ustidan 2:0 hisobida qo'lga kiritilgandi.
So'nggi yillarda Joze ushbu turnirning pley-off bosqichida ettita uchrashuv o'tkazdi – to'rtta «Chelsi» bilan, ikkita «Manchester Yunayted» va bitta «Tottenxem» bilan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270