Nagelsman — EChL pley-off bosqichida ishtirok etgan eng yosh murabbiy
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 311

Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida «RB Leyptsig» safarda «Tottenxem» klubi mehmoni bo'lib, kichik hisobda g'alaba qozondi.
Shu tariqa, germaniyaliklar ustozi Yulian Nagelsman musobaqa tarixida pley-off bosqichida ishtirok etgan eng yosh murabbiyga aylandi. Kecha oqshom u 32 yoshu 211 kunlik edi. Bu borada avvalgi rekordchi Domeniko Tedeskoga tegishli edi (33 yoshu 161 kun). Tedesko 2018/19 yilgi mavsumda «Shalke» boshqaruvida rekord o'rnatgan edi.
Nagelsman o'tgan yilning yozida «RB Leyptsig» bosh murabbiyiga aylangan edi. Uning qo'lostida jamoa EChL guruh bosqichida «Lion», «Benfika» va «Zenit»ni mag'lub etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249