“MYu” muxlislari uchun noxush xabar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 365

Evropa Ligasining 1/16 final bosqichida "Bryugge" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvdan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyiOle Gunnar Sulsher jamoa hujumchisi Markus Reshford joriy mavsum boshqa maydonga tusha olmasligini aytib o'tdi.
"Umid qilamanki,Reshford mavsum so'nggida bo'lsa ham maydonga tushadi. Uning tiklanishi uchun yana bir necha oy vaqt kerak bo'ladi. Agar u Evro-2020gacha formasini tiklab olmasa, u holda u hech qaerga ketmaydi. Uni qayta tibbiy ko'rikdan o'tkazdik va uning jarohati biz kutgandan ko'ra ancha jiddiy bo'lib chiqdi", - Sulsherning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “mankunianlar” rasmiy sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265